Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya politsiyasi “jonga tekkan” internet-memni qidiruvga berdi
Avstraliyaning Kvinslend politsiyasi o‘zining feysbukdagi sahifasida “kichik bo‘yli, qora qalpoq va burunsiz, Bill nomiga javob beruvchi odamni” qidiruvga berdi va unga Be Like Bill internet-memi qahramoni tasvirini ilova qildi.
Bu mem 2015 yilda g‘arbda ommalashib ketgan. Mashable portalining ta'kidlashicha, u dastlab kulgili bo‘lgan, biroq tezda jonga tegib, foydalanuvchilarning asabiga tega boshlagan.

Yanvar oyi o‘rtalarida “Meduza” nashri uni rossiyalik foydalanuvchilarga moslashtirib, Billni Petyaga aylantirgan.
Kvinslend politsiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari e'tiborini antiqa kidiruvga e'loni bilan birinchi marta jalb qilmayapti: politsiya 2015 yil mayida “musiqaga qarshi jinoyati” uchun Nickelback guruhini qidiruvga bergandi.