Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:00 / 25.01.2016
8350
1 daqiqa o‘qiladi
BAAda baliqchilar qayiq ichiga sakragan 4 m li nahangni tutib olishdi
BAAning Fujayra amirligida baliqchilar guruhi 4 m li nahangni tutib olishdi. Fujayra baliqchilar uyushmasi rahbari Mahmud Hamid al-Shara Al Bayan nashriga bergan intervyuda ushbu voqea tafsilotlarini keltirdi.

Aytilishicha, uning ukasi Hamza Hamid al-Shara guruhi bilan Ummon ko‘rfazida baliq ovida yurganida ulkan yirtqich uning qayig‘i ichiga sakragan. Guruh a'zolaridan biri yaralangan, lekin umumiy sa'y-harakatlar bilan nahang qo‘lga olingan. Internetda nahangning suratlari joylashtirildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish