Jamiyat | 09:27 / 25.01.2016
2270
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati va Bill Geyts bezgakka qarshi kurash uchun 4,5 mlrd dollar ajratadi

Britaniya hukumati hamda Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi yaqin besh yil ichida bezgakka qarshi kurash uchun 4,5 mlrd dollardan ziyodroq mablag‘ ajratadi. Bu haqda Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts va Birlashgan Qirollik moliya vaziri Jorj Osborn Times nashri sahifalarida ma'lum qilishdi, deya xabar tarqatdi TASS.

“Biz o‘z hayotimiz davomida bezgak va boshqa tropik kasalliklarga barham berishga, shuningdek, vujudga kelgan tahdidlarga qarshi turib, dunyomizni barcha uchun xavsizroq qila olishimizga nekbinlik bilan qaramoqdamiz”, - deyiladi birgalikdagi bayonotda.

Bunda Britaniya hukumati byudjyetdan har yili 715 million dollar (500 mln funt sterling) mablag‘ni 1902 yilda bezgak kasalligini pashsha (chivin)lar tarqatishini aniqlagani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan britan olimi Ronald Ross nomidagi jamg‘armaga xalqaro ehtiyojlar uchun yo‘naltiradi.

Geytslar fondi esa kasallikka qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun yiliga 200 million dollardan ajratadi. Qo‘shma bayonotda keltirilishicha, har daqiqada bir bola aynan ushbu xastalik sababli hayotdan ko‘z yummoqda. Biroq xalqaro hamjamiyatning ushbu kasallikka qarshi kurashi ham havoga uchayotgani yo‘q: so‘nggi 15 yil ichida mazkur darddan vafot etganlar soni ikki barobarga qisqardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish