Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg yaqinda tug‘ilgan qizining ilk bor “suvda cho‘milayotgani” fotosuratini chop etdi
Mark Tsukerberg Facebook’dagi sahifasida obunachilari bilan birga qizi Maksning fotosuratlari bilan bo‘lishishda davom etmoqda.
Bu safar 31 yoshli Tsukerberg ikki oylik qizining basseynda cho‘milayotgani suratlarini chop etdi.
Suratda Mark qizini g‘amxo‘rlik bilan qo‘llarida ushlagancha suv yuzida ushlab turganini, mittigina Maks esa hech ham suvday qo‘rqmay, o‘zini xotirjam tutayotgani ko‘rish mumkin.
“Maks birinchi marta suzmoqda. Unga bu yoqmoqda”, deb suratga izoh qoldirdi Tsukerberg.
Suratlardan ko‘rinishicha, Mark otalik baxtidan huzurlanmoqda. U avvalroq ham qizchasining tagligi almashtirilayotgan, shifokor ko‘rigiga tashrifi paytidagi va boshqa suratlarini chop etgandi.
Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Chan 2015 yil 2 dekabrda Maks ismli qiz farzand ko‘rishdi. Maks ularning birinchi farzandi bo‘ldi.