Texnologiya | 19:35 / 25.01.2016
3639
2 daqiqa o‘qiladi

Eng tezkor Jaguar F-Type 3,7 soniyada 100 kilometr/soat tezlikka chiqdi

Jaguar F-Type – SVR avtomobili 100 kilometr/soat tezlikka chiqish uchun 3,7 soniya sarfladi. Bu haqda Autovisie xabar qildi.

Old va orqa g‘ildiraklari ildam bo‘lgan kupe va rodster (ikki o‘rindiqli usti ochiq yoki yopiq avtomobil) quvvati 550 va 575 ot kuchiga teng besh litr hajmga ega kompressorli V8 motorlari bilan ta'minlangan. Dvigatellar sakkiz bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan birgalikda harakatlanadi.

Avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 300-322 kilometrga teng. F-Type SVR rodsteri esa tezligini soatiga 322 kilometrgacha chiqara oladi.

Yangi mashinaga standart namunalardan 21 kilogramm yengilroq bo‘lgan karbon-keramikali to‘xtash tizimi o‘rnatilgan.

Jaguar F-Type SVR kattaroq hajmdagi havo jamlagich (dvigatelning oziqlanishi va sovutilishi uchun xizmat qiladigan qism), pastlashtirilgan klirens (avtomobilning eng pastki qismi va yo‘l o‘rtasidagi masofa) va o‘zgacha old bamper bilan ta'minlangan. Shuningdek, sportkar yangilangan to‘xtatish tizimi, orqa diffuzor (gidroaerodinamikada to‘xtatish tizimida suyuqlik yoki gaz o‘tadigan quvurlar uchastkasi), antiqanot (avtomobil va yo‘l qoplamasi sirti bilan tortishish kuchini oshirishga mo‘ljallangan tuzilma) va yon tomonlardagi uglerod tolali orqani ko‘rsatib turuvchi oynalarga ega.

Jaguar F-Type SVR Yevropada 2016 yil o‘rtalaridan savdoga chiqariladi. Yangi avtomobilning narxi 130 ming yevrodan boshlanishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish