Jahon | 00:28 / 25.01.2016
3819
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qilish ishi bo‘yicha 100 ga yaqin kishi hibsga olindi

Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblanib 47 kishi, jumladan shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishi sababli Eronda Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujum ishi bo‘yicha 100 ga yaqin kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Eron bosh prokurori G‘ulom Husayn Muhsiniy Ajayga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.

Prokurorning aytishicha, hibsga olinganlardan ba'zilari ozodlikka chiqarilib yuborilgan. Boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.

Agentlikning ta'kidlashicha, Eron hukumati odatda bunday hibsga olishlar haqida xabar bermaydi.