Jahon | 07:24 / 25.01.2016
2829
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi otishma sodir etilgan maktab buzilib, qaytadan quriladigan bo‘ldi

Kanadaning La-Losh shaharchasi ma'muriyati o‘quvchilardan biri otishma sodir etgan maktabni buzib, qaytadan qurishga qaror qildi, deb xabar bermoqda CBC.

“Men bu maktabda shunchalik ko‘p azob-uqubat bo‘lgani sababli uning buzilib, boshqatdan qurilishini istayman”, deb aytdi shaharcha meri Kevin Janve.

Merning yagona qizi ham 17 yoshli o‘smirning hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qotil o‘smir 23 yanvarda kunduzi o‘z uyida o‘zining ikki akasini o‘ldirib, so‘ng maktabga yo‘l olib, u yerdagi odamlarga qarata o‘t ochgan. Oqibatda maktabda ishlaydigan ikki o‘qituvchi halok bo‘lgan. Ulardan biri shaharcha merining 23 yoshli qizi Meri Janve bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish