Sport | 12:12 / 25.01.2016
3710
1 daqiqa o‘qiladi

Kasayev: «Lokomotiv»da futbolchilar har 1 kg ortiqcha vazn uchun 100 yevro jarima to‘laydi

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi yarim himoyachisi Alan Kasayev ta'tildan keyin o‘zining vazni ortgani haqida aytdi. U shuningdek, jamoada har 1 kg ortiqcha vazn uchun 100 yevro miqdoridagi jarima qo‘llanishini bildirgan.

"Dam olish vaqtida ozgina to‘lishdim (Kuladi). Atigi uch kilogrammga. Bu albatta falokat emas. Yig‘in vaqtida bu muammoni bartaraf etsa bo‘ladi. Menimcha, hech qaysi futbolchi ta'tildan keyin o‘zini ideal formada deb hisoblay olmasa kerak.

Ta'til vaqtida o‘zimizga ozroq erk beramiz, lekin haddan oshmaymiz. Axir jamoada har bir ortiqcha vazn uchun 100 yevro to‘lash kerak", deydi Kasayev «Rossiyskaya gazeta» nashriga.