Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasperskiy avtomobillarni viruslar va xakerlardan himoya qilmoqchi
“Kasperskiy laboratoriyasi” zamonaviy avtomobillarni viruslar va xakerlardan himoya qilmoqchi. Kompaniya mashinalar uchun kiberhujumlarga o‘ta bardoshli maxsus operatsion tizim yaratish bilan shug‘ullanmoqda.
“Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida kompaniya bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy hamda texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha strategi Andrey Duxvalov haydovchilarni IT sohasining rivoji bilan yangi tahdidlarning paydo bo‘layotganidan ogohlantirishdi. Zamonaviy avtomobilda kompyuterlar soni 30-100tani tashkil qilib, ular hujumlarga dosh bera olmaydi. Misol tariqasida o‘tgan yili mutaxassislar Jeep Cherokee'ning tizimini osonlik bilan buzgani eslatib o‘tildi.
Ayni paytda “Kasperskiy laboratoriyasi” avtomobillarga mo‘ljallangan ishonchli va xavfsiz operatsion tizim borasidagi ishlanmalarni davom ettirmoqda.