Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG butun korpusni o‘rab olgan displeyga ega smartfon uchun patent oldi
AQSh patentlar va savdo belgilari bo‘yicha boshqarmasi LG kompaniyasi displeyi butun korpusni kamarday o‘rab olgan smartfon dizayni uchun patent olganini xabar qildi.
Chizmalarga qaraganda, kompaniya mobil uskunaning barcha tomonlarini qamrab oluvchi ekranni taklif qilmoqda. Gap asosan sensorli paneldan foydalanish haqida ketmoqda.

Shu tariqa, axborotni smartfonning butun yuzasi aks ettirishi mumkin bo‘ladi. Aytaylik, old qismida an'anaviy interfeys chiqib tursa, orqada xarita yoki elektron kitob matni aks etadi. Chekkalarda multimedia pleyeri boshqaruvi tugmalari hamda eng ko‘p qo‘llaniladigan ilovalar piktogrammalari ko‘rinib turadi.
Shu bilan birga, bunday gadjyetning ishlab chiqarilishi hamda sotuvga qo‘yilishi borasida hech qanday xabarlar yo‘q.
Shunga yaqin konsepsiya 2011 yili Nokia kompanyasi tomonidan Nokia GEM nomi ostida taklif qilingan edi.
