Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marselo: «Beyl – a'lo darajadagi o‘yinchi, biroq uning yo‘qligi sabab yuta olmaganimizni aytish haqoratlidir”
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Betis”ga qarshi kechgan uchrashuv borasida fikrlarini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlangan.
“O‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa ham, biz yaxshi o‘ynadik. Biz shunchaki yana bitta to‘p urishimiz kerak edi.
Beyl – a'lo darajadagi o‘yinchi, biroq uning yo‘qligi sabab yuta olmaganimizni aytish biz uchun haqoratlidir.
Hozirda o‘yinchilar yaxshi formadalar. Murabbiy bizga qanday o‘ynashimiz kerakligi haqida o‘z tasavvurini berdi va biz uning rejasiga amal qilishga harakat qilmoqdamiz”, deb aytdi Marselo.