Jahon | 20:04 / 25.01.2016
2338
1 daqiqa o‘qiladi

McDonald's Rossiyadagi ishlab chiqarishni butunlay mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

McDonald's kompaniyasi Rossiyadagi restoranlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni 100 foizga mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning Rossiyadagi prezidenti Hamzat Xasbulatov ma'lum qildi.

“Biz Rossiyadagi ishlab chiqarishimizni butunlay lokalizatsiya qilmoqchimiz. Bu sanksiyalar tufayli emas, bu reja oldindan bor edi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Mansabdorning ta'kidlashicha, ikki yildan so‘ng kompaniya tovuq va mol go‘shti importini Rossiyadagi muqobillari bilan to‘liq almashtiradi, 2017 yili esa kartoshka ham Rossiyada ishlab chiqarila boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish