Jamiyat | 12:50 / 25.01.2016
27618
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi restoranda sahnaga chiqqan Nargiz Zokirovani noxush kutib olishdi

23 yanvar, shanba kuni Moskvadagi hashamatli restoranlardan birida Nargiz Zokirovaning sahnaga chiqishi janjalli vaziyatni keltirib chiqardi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u sahnada qo‘shiq kuylayotganida, restoranga tashrif buyurgan ayol mijozlaridan biri sahnaga yaqinlashib, Nargiz Zokirovani haqorat qilgan va unga qarata qo‘lidagi alkogol mahsuloti bo‘lgan bokalni uloqtirgan.

Nargizning tasdiqlashicha, shisha idishning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishi natijasida, xonandaning oyog‘i lat yegan va qonab ketgan. Xonanda o‘zining lat yegan oyog‘i tasvirgan tushirilgan suratni «Instagramdagi» sahifasiga joylashtirgan.

Restoran rahbariyati Nargiz Zokirovani haqorat qilib, unga qarata bokal otgan mijozning ismini oshkor etmagan. Mazkur nizoli vaziyat restoran videokameralariga ham qayd etilmagan.

«Hech kim uning hattoki ismini ham aytishni istamadi. Keyin yana bir qiz kelib xuddi shunday munosabatda bo‘ldi. Faqat uniki biroz yumshoqroq chiqdi.

Qani qo‘riqchilar? Nega tashkilotchilar o‘zlariga biriktirilgan vazifani bajara olmayapti?» deb yoziladi xonandaning Instagram sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish