Sport | 15:20 / 25.01.2016
4299
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» sport direktori: Biz Gvardiolaga taklif bilan chiqdik, lekin u «Siti» bilan kelishib bo‘lgan ekan

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sport direktori Ed Vudvord ingliz matbuotiga bergan intervyusi chog‘ida Xosep Gvardiola bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma'lum qilgan.

Daily Mirror nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Vudvord Lui van Gaal bilan bog‘liq muammolar boshlangach, Xosep Gvardiola bilan aloqaga chiqqan. Biroq Gvardiola unga 4 oy oldin «Manchester Siti»ni boshqarishga rozi bo‘lgani hamda boshqa muzokaralarga qiziqmayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola o‘tgan yilning so‘nggiga kelib, yozda Myunxenning «Bavariya» jamoasini tark etishini e'lon qilgandi. Buni u APL ishlashni istagani bilan izohlagandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Gvardiola yangi mavsumda «Manchester Siti»ni boshqaradi va yiliga 25 million yevro maosh oladi.