Jamiyat | 20:45 / 25.01.2016
6856
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonalik biznesmenning musodara qilingan Lamborghini mashinasi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi

Qozog‘istonlik biznesmen Qayrat Jamaliyevning musodara qilingan Lamborghini avtomobili kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Aytilishicha, Lamborghini Gallardo 47 581 000 tangaga baholanmoqda.

Qozog‘iston moliya vazirligi davlat mulki va xususiylashtirish qo‘mitasi saytida aytilishicha, sotuvlar 5 fevraldan boshlanadi. Mashina 2013 yili ishlab chiqarilgan.
Sotuvlar inglizcha metod bo‘yicha o‘tkaziladi, ya'ni eng ko‘p haq to‘lagan shaxs mashina egasiga aylanadi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, sportkarning ahvoli yaxshi, ammo dvigatel ishga tushirilmagani bois baholar tashqi ko‘rinishga qarab berilgani tan olinmoqda.

2014 yil 25 aprelida sud qarori bilan Jamaliyevga tegishli Lexus LX 570, Mercedes Benz S500, Lamborghini Gallardo mashinalari, 821303, AAV 81012V tirkamasi, shuningdek, Ostonadagi uy va xonadon musodara qilingan edi.

2015 yil 7 avgustida Jamaliyev jazoni og‘ir tartibli koloniyada o‘tash bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

2015 yil aprelida Jamaliyev ikki xodimi bilan ostonalik Alibiy Jumag‘ulovni do‘pposlaganda ayblangan edi. Ixtilof Oynur Isina ismli qiz tufayli kelib chiqqan.

Jabrlanuvchining otasi Nurlan Jumag‘ulov internetda o‘g‘lining dahshatli ahvolga keltirilgan yuzi aks etgan suratlarni chop etganidan so‘ng voqea jamoatchilik orasida ulkan rezonansga sabab bo‘lgan edi.