Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari 2015 yilda Intellektual mulk agentligiga 507ta ixtiro uchun talabnoma topshirishdi
Intellektual mulk agentligi 2015 yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qildi.
Qayd etilishicha, 2015 yil mobaynida agentlikda jami ishlab chiqarish hajmi 113,2 foizga, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 108,5 foizga o‘sgan.
Agentlik tomonidan intellektual mulk obektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha talabnomalar qabul qilish 11,5 foizga o‘sdi, shu jumladan, ixtirolarga - 507ta, foydali modellarga - 190ta, sanoat namunalariga - 238ta, tovar belgilariga - 5 615ta, seleksiya yutuqlariga - 25ta, EHM uchun dasturlar - 521ta, ma'lumotlar bazasiga - 15ta talabnomalar qabul qilindi.
Intellektual mulk obektlariga 6 867ta talabnomalar bo‘yicha davlat ekspertizasi o‘tkazildi. Davlat reyestrlarida 2 651ta intellektual mulk obektlari ro‘yxatga olindi.