Sport | 18:59 / 25.01.2016
3607
2 daqiqa o‘qiladi

Paulo Dibala: Messiga qarshi emas, u bilan yonma-yon to‘p surishni istayman

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Paulo Dibala Italiya chempionatining 21-turida «Roma»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:0) so‘ng bergan intervyusida «Barselona» hujumchisi, o‘z vatandoshi bo‘lmish Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynashni istashi haqida aytib o‘tgan.

U bu o‘yinni kataloniyaliklar vakili Roberto Fernandes kuzatish uchun kelgani to‘g‘risidagi ma'lumotga quyidagicha munosabat bildirgan:
«Ochig‘ini aytganda, «Barselona» vakillaridan biri tribunada meni kuzatib borayotganidan xabarim yo‘q edi.

Agar Messi meni maqtagan bo‘lsa, bu albatta yoqimli. Messiga qarshi o‘ynashni istayman-mi? Yo‘q, u bilan raqib bo‘lib emas, aksincha u bilan birga o‘ynashni istayman», degan Dibala.

Ushbu argentinalik yosh futbolchi 2015 yilning yozida «Palermo»dan 35 mln yevro evaziga turinliklar safiga kelib qo‘shilgandi.

Bundan oldinroq «Barselona» ushbu futbolchini 80 mln yevro evaziga sotib olishni istagani, ammo «Yuventus» rahbariyati bu taklifni rad etgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda ushbu 22 yoshli argentinalik hujumchi A Seriyaning 20ta o‘yinida maydonga tushib, 12ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.