Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda ikki erkak ayol deb travmatik to‘pponchalarda “duel” uyushtirishdi
2016 yil 24 yanvarda Sankt-Peterburgning Kirov tumanida favqulodda vaziyat sodir bo‘ldi: tumandagi ko‘chalardan birida joylashgan uyda ikki erkak ayol deb travmatik to‘pponchalarda “duel” uyushtirishdi.
“Fontanka” nashrining yozishicha, nizoga ikki duelchining bir ayolga befarqmasligi sabab bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkaklardan biri, 36 yoshli peterburglik boshqa erkaknikiga munosabatlarni aniqlashtirib olish uchun kelgan. U o‘zi bilan birga
travmatik to‘pponcha olib kelgan.
Uy egasida ham travmatik to‘pponcha bo‘lgan. Qisqa dahanaki jang janjalga, so‘ngra otishmaga aylanib ketgan. O‘zaro otishma paytida “mehmon” uy egasining boshiga tekkan.
Jarohat baxtli tasodif tufayli o‘limga olib kelmagan: ma'lum qilinishicha, jabrdiyda yopiq bosh-miya chanog‘i hamda miya chayqalishi jarohati olgan.
Jabrdiyda politsiyaga shikoyat arizasi yozmaslikka qaror qilgan.