Sport | 10:20 / 25.01.2016
3667
2 daqiqa o‘qiladi

Shakil O’Nil bolalar bilan ko‘chada basketbol o‘ynadi

Amerikalik afsonaviy basketbolchi, hozirda TNT sport telekanalida boshlovchi va sharhlovchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Shakil O’Nil bolalar bilan birga basketbol o‘ynash uchun Florida shtatidagi Geynsvill shahriga (aholi soni 128 mingdan ko‘proq) tashrif buyurdi.

O‘tgan haftada Geynsvill politsiyasiga mahalliy aholi vakillaridan shovqin bo‘layotgani borasida shikoyat kelib tushgandi. Hududda yashovchilarning so‘zlariga ko‘ra, politsiyaga basketbol o‘ynab shovqin ko‘taradigan bolalar yuzasidan arz qilingan. Politsiya bolalarning o‘ynashini ko‘rgan va ularni quvib yuborish o‘rniga qo‘shilib basketbol o‘ynagandi.

«Quvnang, yayrang, siz bezorilik qilmasdan sport shug‘ullanayotganingiz uchun xursandmiz. Siz har kuni shu yerda basketbol o‘ynaysizlarmi? Ajoyib, ertaga do‘stlarimiz bilan kelamiz va yana o‘yinni davom ettiramiz», — deya mahalliy politsiyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi secsports. com.

Harbiy va bolalarning suhbati yozilgan video internet tarmoqlarida mashhur bo‘lib ketgan va ko‘pchilikning e'tiboriga tushgandi. Bu narsa basketbolchi Shakil O'Nilning e'tibori tortgan. Afsonaviy sportchi yashirin ravishda Geynsvillga tashrif buyurgan va mahalliy politsiyaga ko‘rsatgan ijtimoiy qahramonligi uchun shaxsan minnatdorchilik bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish