Sport | 00:19 / 25.01.2016
3676
1 daqiqa o‘qiladi

Uolkott “Arsenal” – “Chelsi” uchrashuvida maydonga jamoa sardori sifatida tushdi

“Arsenal” hujumchisi Teo Uolkott Angliya chempionatining 23-turida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda jamoani sardor sifatida maydonga olib chiqdi.

Jamoa Uolkottning klubda o‘n yildan beri to‘p surayotgani sharafiga unga sardorlik bog‘ichini topshirishga qaror qildi.

Ta'kidlash joizki, jamoaning asosiy sardori Per Mertezaker uchrashuvning 18-daqiqasida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv “Chelsi”ning foydasiga 0:1 hisobida yakunlandi.

Uolkott “Arsenal” safiga 2006 yil 20 yanvarda “Sautgempton”dan o‘tgan.