Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Mi 5 flagmani taqdimoti sanasini rasman ma'lum qildi
Xitoyning Xiaomi smartfonlar ishlab chiqaruvchisi yangi Mi 5 flagmanining taqdimot sanasini ma'lum qildi. Uni bir oydan so‘ng namoyish qilishadi.
Xiaomi ta'sischisi va katta vitse-prezident Livan Tszyan (Liwan Jiang)ning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilishicha, Xiaomi Mi 5 namoyishi 2016 yilning 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Top-menejyerlar qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor qilishmadi. Faqatgina, unda Qualcomm`ning yangi chiplari qo‘llanilganini aytishdi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 5 Qualcomm Snapdragon 820 professori, 4 Gb operativ, 64 Gb doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 1920 × 1080 piksel hajmli (Full HD) 5,2 dyuymli ekran va Android 6.0 operatsion sistemasi bilan ham ta'minlanadi.
Bundan tashqari, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3600 mA•soat batareya hamda ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izi skaneri qo‘llaniladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, smartfon 380 dollardan savdoga chiqariladi.