Sport | 19:36 / 25.01.2016
2762
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasi Ramires uchun «Chelsi»ga 25 mln yevro to‘lamoqchi

«Chelsi» klubining braziliyalik yarim himoyachisi Ramires o‘z faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

U muntazam o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi va qishki transferlar mavsumi o‘z nihoyasiga yetguniga qadar «Stemford Brij»ni tark etishni istamoqda.

Daily Mail nashrida yozilishicha, 28 yoshli futbolchi faoliyatini Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu jamoa Ramiresning transferi uchun 25 mln to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, ushbu futbolchi uchun «PSJ» va «Bavariya» jamoalari taklif berishgan. Lekin ayni vaqtda Dan Petresku murabbiylik qilayotgan xitoy jamoasi bu raqobatda yutib chiqishi oydinlashmoqda.

Jyervino 18 mln yevro evaziga Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasiga o‘tadi