O‘zbekiston | 19:55 / 25.01.2016
2958
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1 million 358 ming so‘mga yetdi

Urganchda 2015 yil yakunlari va 2016 yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA xabarida keltirishicha, hisobot davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 10,1 foizga o‘sdi. 2015 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1 million 358 ming so‘mga yetdi.

“GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali tomonidan bugungi kungacha qariyb 49 ming “Damas”, 2 ming 984 “Orlando” va 1 ming 431 “Labo” avtomobillari ishlab chiqarildi. “UzXMG” qo‘shma korxonasi tomonidan 233 qishloq xo‘jalik texnikaci, jumladan, 149 ekskavator, 72 buldozer va 12 yuk ortgich texnikaci ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturi ijrosi doirasida Xiva tumanidagi “Xiva maishiy texnika” korxonasida 1 ming 200 muzlatkich va sovutkich, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Qo‘shko‘pir Agro Invest” korxonasida 1 million donadan ortiq svetodiod yoritgich ishlab chiqarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish