Texnologiya | 20:47 / 25.01.2016
2037
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kontaktsiz kardiograf yaratildi

Panasonic kompaniya Kioto universiteti bilan birgalikda istalgan odamning yuragi holatini kontaktsiz usul bilan baholashga imkon beruvchi qurilma yaratdi. Qurilma yaratuvchilarining aytishicha, yangi texnologiya standart elektrokardiogrammaning o‘rnini bosishi mumkin, chunki o‘lchovlarning aniqligi bo‘yicha ulardan qolishmaydi.

Yangi usulning assiy afzalligi shundaki, o‘lchovlarni masofadan turib o‘tkazish mumkin va odamga datchiklarni ulashning hojati yo‘q. Odam qurilma yangi texnologiya asosida “kundalik kuzatuvni” olib borayotgan, organizmning reaksiyalarini qayd qilayotgan bir paytda o‘zining kundalik yumushlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu o‘z navbatida davolashning individual sxemasini tanlashda yordam beradi.

Yangi usul negiziga kengaytirilgan spektrning millimetrli radari texnologiyasi yotdi. Bu radar odamdan tarqayotgan signallarni kuzatib boradi. Maxsus dastur umumiy shovqindan yurak urishini ajratib oladi va olingan ma'lumotni tahlil qiladi.

Qurilmaning prototipi uzunligi 50 sm ga yaqinni tashkil qiladi, kelgusida qurilma mualliflari uning o‘lchamlarini kichraytirishni rejalashtirishmoqda. Shunisi qiziqki, qurilmaning barcha butlovchi qismlarini erkin savdoda topish mumkin. Qurilma mualliflarining fikricha, yangi sensor oxirgi vaqtlarda talab o‘sib borayotgan turli kontaktsiz tibbiyot uskunalarida o‘z tatbig‘ini topadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish