Sport | 08:18 / 25.01.2016
6378
1 daqiqa o‘qiladi

Zinedin Zidan: Bugun ochko yo‘qotishimizni kutmagandim

“Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 21-turida “Betis”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Jamoamdan faxrlanaman, ammo afsus biz ikki ochkodan mahrum bo‘ldik.

Men faqat ikkita o‘zgarish amalga oshirdim, chunki maydonda harakatlanayotgan o‘yinchilarning holati anchagina yaxshi edi.

Bugun ochko yo‘qotishimizni kutmagandim, biroq bu futbol. Agar o‘z vaziyatlaringdan unumli foydalanmasang, bunday ishlar sodir bo‘lib turadi.

Xamesga kelsak, bugun u ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman”, – deydi Zidan.