Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgi Olimpiada o‘yinlarida KXDR va Janubiy Koreya yagona jamoa sifatida ishtirok etishi mumkin
KXDR va Koreya Respublikasi 2018 yilda Pxenchxanda o‘tkaziladigan olimpiadada yagona jamoa sifatida qatnashishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreyadagi Kanvando viloyati gubernatori Choy Mun Sunga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.
"Shimolliklardan keladigan tahdidlarni bartaraf etishning eng yaxshi chorasi ular bilan olimpiada o‘yinlari vaqtida birlashishdir. Biz buni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Umid qilamizki, ikki mamlakat vakillari olimpiadaning ochilish marosimi vaqtida yonma-yon yurib o‘tishadi", deydi Choy Sun Mun.
U Olimpiadani o‘tkazishda birinchi navbatda xavfsizlik choralari ko‘rilishi muhim ekanini bildirgan.
Pxenchanda 2018 yilgi qishki olimpiada 9 fevraldan 25 fevral kunigacha bo‘lib o‘tadi. Bu shahar 2011 yilda boshqa da'vogarlar Ansi (Fransiya) va Myunxenni (Germaniya) ortda qoldirgan holda mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgandi.