Jamiyat | 11:03 / 26.01.2016
20871
1 daqiqa o‘qiladi

31 yanvar kuni o‘zbekistonliklar "sayyoralar paradi"ga guvoh bo‘lishadi

31 yanvar kuni Yerning shimoliy yarim shari aholisi, shuningdek, O‘zbekiston aholisi ham noodatiy hodisa — "sayyoralar paradi"ga guvoh bo‘lishadi.

UzReport nashrining xabariga ko‘ra, Merkuriy, Venera, Saturn, Mars, Yupiter va Yerning yo‘ldoshi Oy Qisqichbaqa va Sunbula yulduzlar turkumida bir qator bo‘lib tiziladi.

NASA tomonidan ma'lum qilinishicha, bunday hodisa oxirgi marta 2005 yilda kuzatilgan edi.

"Sayyoralar paradi" ayniqsa Quyosh chiqar mahal — Toshkent vaqti bilan taxminan soat 7:35da yanada aniq ko‘rinadi. Bu vaqtda Oy botayotgan bo‘ladi, shuning uchun uning yorqin nurlari "sayyoralar paradi"ni oddiy ko‘z bilan kuzatishga xalaqit bermaydi.

Quyosh tizimidagi sakkiz sayyora ishtirokidagi paradni 2161 yilning 19 mayida kuzatish mumkin bo‘lishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish