Jamiyat | 20:01 / 26.01.2016
3966
1 daqiqa o‘qiladi

7 yoshli bolasini qurol ushlashga va mashina haydashga o‘rgatgan saudiyalik erkak qo‘lga olindi

Saudiya Arabistoni politsiyasi voyaga yetmagan o‘g‘ilchasiga to‘pponcha ishlatishga va mashina haydashga o‘rgatgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda Sabq gazetasi yozmoqda.

Bu holat qayd qilingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan so‘ng politsiya qidiruvlarni boshlab yubordi. Erkakning shaxsi tezda aniqlanib, u Riyodda qo‘lga olindi.

Videolavhada to‘pponcha ushlagancha mashina boshqarib ketayotgan 7 yoshli bola ko‘rinadi. Otasi uni qurolni ishlatishga chaqiradi.