Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Pekinda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov bilan muzokaralar o‘tkazadi
27-29 yanvar kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi.
"Pekin shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi", deb xabar beradi TIV axborot xizmati.
Muloqot davomida ikki davlat munosabatlari va ShHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda ShHTning O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlariga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov bilan o‘tkaziladigan muzokaralar doirasida 2016 yil iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisi hamda O‘zbekistonning mazkur tashkilotda raisligi doirasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilinadi.