Jahon | 08:38 / 26.01.2016
2652
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiyadagi shahar meri ayollar shikoyati tufayli muhojirlarga suv havzasiga tashrif buyurishni taqiqlamoqchi

Belgiyadagi Kokseyde shahri meri mahalliy ayollarning ko‘plab shikoyati tufayli muhojirlarga suv havzasiga tashrif buyurishni taqiqlashni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda Independent nashri.

“Bizga suv havzasida mahalliy ayollarga sinchkovlik bilan tikilayotgan va ular bilan selfiga tushayotgan muhojirlar haqida bir nechta shikoyat tushdi”, deb xabar bermoqda mer Mark Vanden Bushshe.

Uning aytishicha, suv havzasiga tashrif buyurishni bir oyga vaqtinchalik taqiqlash muhojir ayollar va bolalarga taalluqli bo‘lmaydi, biroq shahar ma'muriyati muhojirlarga jamoat joylarida o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuntirib qo‘yishga va'da bermoqda.

Kokseyde hukumati yaqinda 300 nafar qochqinni qabul qilgan.

Ta'kidlanishicha, Belgiyaning migratsiya ishlari bo‘yicha vaziri shahar ma'muriyatining bu qarorini shoshqaloqlik deb atadi.

Avvalroq Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk Yevropa Ittifoqidagi hamma muhojirlar ham Yevropa qadriyatlariga amal qilmayotganini aytgandi.

Yevropa Ittifoqi fevral boshida muhojirlar bo‘yicha shoshilinch sammit o‘tkazishni rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish