Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:35 / 26.01.2016
2227
1 daqiqa o‘qiladi
Benzema Yevropadagi hujumchilar orasida samaradorlik bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 17ta o‘yinda 16ta gol urgan. Chempionlar ligasida esa 4ta o‘yin va 4ta gol.
Natijada 28 yoshli fransuz hujumchisi o‘rtacha har 69 daqiqada gol kiritmoqda. Hozirda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Benzema Yevropadagi eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.
Undan keyingi o‘rinda turgan «PSJ» forvardi Zlatan Ibrohimovich o‘rtacha 81 daqiqada bitta gol urgan. «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski statistikasida har 82 daqiqada urilgan gol mavjud.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish