Jamiyat | 21:31 / 26.01.2016
3701
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada 4 bolaning onasi o‘z mashinasi g‘ildiraklari tagida qolib ketib, halok bo‘ldi

Angliyaning g‘arbida 4 bolaning onasi o‘z mashinasi g‘ildiraklari tagida qolib ketib, halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vustershir grafligida yashagan 36 yoshli Kerri Xyuit garaj eshigini ochish uchun o‘zining Renault avtomobilidan tushgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, ayol mashinani qo‘l tormoziga qo‘ymagan. Avtomobil joyidan jilib, ayolni bosib ketgan. Avtomobil ichida bu payt uning farzandlari o‘tirgan bo‘lgan.

Shifokorlar ayolning hayotini saqlab qolisholmadi. Politsiya ushbu holatni tergov qilmoqda.

Ayolning qo‘shnilari u haqda iliq so‘zlar bildirishgan, uni o‘z hayotini farzandlari tarbiyasiga bag‘ishlagan mas'uliyatli ona sifatida bilishlarini aytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish