Sport | 22:40 / 26.01.2016
2742
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyaning A va B seriyalaridagi 35 jamoa soliqlardan bo‘yin tovlagani gumon qilinmoqda

Neapol shahri prokuraturasi futbol klublarining soliqlardan bo‘yin tovlash hamda moliyaviy firibgarliklar amalga oshirishda gumon qilib, tekshiruv boshladi.

Ma'lum qilinishicha, Italiyaning A va V seriyalari vakillari bo‘lgan 35ta jamoa shubha ostiga tushgan. Shuningdek, klublar rahbariyatlari vakillari bo‘lgan 100dan ortiq kishi tekshiriladi.

Football Italia nashri xabariga ko‘ra, Italiya Soliq idoralari hisob raqamlardan 12 mln yevro miqdoridagi mablag‘ning yo‘qolishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu "Ofsayd operatsiyasi"ga quyidagi taniqli shaxslar taalluqli bo‘lib turibdi: jamoa xo‘jayinlari Klaudio Lotito («Latsio»), Aurelio De Laurentis («Napoli»), Adriano Galliani («Milan»), Mauritsio Dzamparini («Palermo»), Enriko Pretsiozi («Djyenoa»), Andrea Della Valle («Fiorentina»); futbolchilar – Xerman Denis («Atalanta» sardori), Chiro Immobile («Torino»), Antonio Nocherino («Milan»), Esekiel Lavessi («PSJ»); «Modena» murabbiyi Ernan Krespo.