Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya politsiyasi uch nafar o‘ta xavfli jinoyatchining turmadan qochish detallarini oshkor qildi
AQShning Kaliforniya shtati politsiyasi bir necha kun avval uch nafar o‘ta xavfli jinoyatchining Santa-Ane shahridagi qattiq tartibdagi turmadan qochish detallarini oshkor qildi, deb xabar bermoqda ABC News.
Ta'kidlanishicha, “qochoqlar xavf solishi va qurollangan bo‘lishi mumkin”. Mahbuslar odamlarni o‘g‘irlash, zo‘ravonlik, noqonuniy tarzda qurol-aslaha saqlash, qotillik kabi jinoyatlari uchun jazo o‘tayotgan bo‘lgan.
Qochoqlardan ikki nafari vetnamlik bo‘lgan. Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, qochoqlar Jonatan Tiu, Bak Ten Duong va Husayn Nayyeriy kameralaridagi panjarani arralab, oqova suv quvurlari orqali turma tomiga chiqib qochib ketgan. Mahalliy sherif boshqarmasi rasmiy vakili Jyeff Xellok bu yaxshi rejalashtirilgan qochoqlik bo‘lganini ta'kidladi.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari qochoqlarni qidirishni ular erkinlikka chiqishgandan 16 soatdan keyin boshlashgan.
Avvalroq AQSh politsiyasi qochoqlar haqidagi ma'lumot uchun 30 ming dollar mukofot puli berishi ma'lum qilingandi.