Jamiyat | 15:49 / 26.01.2016
3044
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada o‘t o‘chiruvchilari kuchli qor bo‘roni vaqtidagi yordami uchun 10 yoshli bolani taqdirlashdi

Kanadaning Toronto shahri o‘t o‘chiruvchilari 10 yoshli bolani kuchli qor bo‘roni vaqtidagi yordami uchun taqdirlashdi. Gap shundaki, maktab o‘quvchisi qor bo‘ronidan so‘ng o‘z ko‘chasidagi o‘t o‘chirish gidrantlari (kranlari) atrofini qordan tozalab chiqdi.

“Agarda bu ishni qilmaganimda, tumanimizga kelgan o‘t o‘chiruvchilar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini odamlarni qutqarishga emas, balki gidrantlar atrofini qordan tozalashga sarflashar edi”, - dedi 10 yoshli Nesh Rid-Benkroft CTV telekanaliga. Mahalliy o‘t o‘chiruvchilar esa uning yordami haqida bolaning onasi “Feysbuk”ka joylashtirgan suratdan bilib qolishdi.

“Gidrantlarni qordan tozalash uchun sarflaydigan ikki-daqiqa biz uchun katta ahamiyatga ega”, - dedi o‘t o‘chirish xizmati xodimi Jyeff Braun. O‘t o‘chiruvchilar yosh Neshni Yangi Shotlandiya provinsiyasi markazi Galifaksga ekskursiyaga olib borishdi.

Bu yerda bolakay mahalliy o‘t o‘chirish stansiyasida bo‘ldi, bir kun davomida o‘t o‘chiruvchilar unga o‘z faoliyati haqida ma'lumotlar berishdi. Maxsus kiyimni o‘lchab ko‘rish, o‘t o‘chirish mashinasida sayr qilish va hattoki sirenani yoqishga ham ijozat berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish