Jahon | 08:15 / 26.01.2016
2800
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron va Merkel Yevropa Ittifoqini isloh qilish bo‘yicha muzokaralarda taraqqiyotga erishishdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon suhbati natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqini isloh qilish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli taraqqiyotga erishishdi, biroq yana ancha ishlash kerak bo‘ladi. Bu haqda Kemeronning rasmiy vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Tomonlar Yevropa kengashining dekabrdagi yig‘ilishidan beri taraqqqiyotga erishilganini ta'kidlashdi va haqiqatan ham Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida britaniyaliklarning barcha to‘rtta soha bo‘yicha xavotirlarini hal qilish istagi bor”, deb aytdi Kemeronning rasmiy vakili.

Uning aytishicha, ikki davlat yetakchisi “Yevropa kengashining fevral oyidagi yig‘ilishidan oldin to‘g‘ri yechimlarni topish uchun ko‘p narsa ustida ishlash kerakligi” haqidagi xulosaga kelishdi.