Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes-Benz'ning ilk pikapi qanday nomlanishi ma'lum bo‘ldi
Nissan NP300 platformasi asosida yaratilayotgan Mercedes-Benz`ning birinchi o‘rta hajmli pikapi X-Class yoki Z-Class nomini olishi mumkin. Model yo‘l mavjud bo‘lmagan hududlarda ham harakatlana olishini hisobga olgan holda nemis avtoishlab chiqaruvchisi uni X-sinf nomi bilan atashga moyillik bildirmoqda, deya xabar berdi CarAdvice.
Pikap faqatgina dizelda harakatlanib, o‘rta va arzon narxdagi avtomobil 2,3 litr hajmli to‘rt silindrli motor bilan ta'minlanadi. Bunda motor quvvati 188 ot kuchiga teng. Qimmatroq namunasiga esa olti silindr, 255 ot kuchiga teng dvigatel o‘rnatiladi.
Mercedes-Benz pikapining old va orqa g‘ildiraklari birdek yoki alohida “tortishi” mumkin.

Mazkur avtomobilni yaratish ustidagi ishlar 2015 yilning martida boshlangan edi. Aprel oyida avtoishlab chiqaruvchi modelning Nissan NP300 platformasida bunyod etilishini ma'lum qildi. Yangi nemis markasi 2020 yilda savdoga chiqariladi.

