Sport | 07:58 / 26.01.2016
3482
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» rahbariyati Mourinoni jamoaga taklif etish uchun muzokara o‘tkazmoqda

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda Angliya matbuotidagi eng jiddiy nashrlardan biri The Times yozgan.

Xabar qilinishicha, tomonlar 2016 yilning yozida Mourinoni mankunianliklar bosh murabbiyligiga olib kelish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Lekin ayni vaqtda «MYu» Lui van Gaal rahbarligida juda yomon natija qayd etayotgani jarayonni tezlashtirishi mumkin. Klub rahbariyati yozgacha kutib o‘tirmasdan Lui van Gaalni iste'foga chiqarishi va o‘rniga Mourinoni olib kelishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin portugaliyalik mutaxassis «MYu» rahbariyatiga o‘zini ishga olishini so‘rab, 6 sahifali maktub yozgani xabar qilingan edi.