Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 20:27 / 26.01.2016
5435
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Yorkda qurilgan eskimoscha uy kuniga 200 dollar evaziga ijaraga berilmoqda
Nyu-Yorkdagi reklama kompaniyalardan birining art-direktori Patrik Xorton shahardagi qor uyumlarini to‘g‘ri ishlatish yo‘lini topdi: u qordan eskimoslarning qishki uyi – igluni (boshqa nomi: kuinsi) qurib, Airbnb resursida ijara e'lonini berdi. Uyda bir kecha tunash uchun Xorton 200 dollar so‘ramoqda.
Tez orada e'lon Airbnb’dan olib tashlandi, negaki u talablarga javob bermasdi, ya'ni elektr tarmog‘i, suv quvurlari va kirish eshigiga ega emasdi.
Dizaynerning ta'kidlashicha, mazkur uychani qurishga uch soat vaqt sarflagan.

