Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda noyob jonivorlar tasvirlangan pochta markalari chiqariladi
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 15 yanvaridan “Hisor davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.
Turkum 4ta pochta markasidan va 1ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Hisor davlat qo‘riqxonasida yashovchi va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob jonivorlar tasvirlangan.
Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Hisor davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan, deb xabar qiladi “O‘zbekiston pochtasi” axborot xizmati.