Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yilligi» pochta markasi chiqarildi
2016 yilning 15 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan «Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yilligi» nomli pochta markasi chiqarildi. Markani «O‘zbekiston pochtasi» AJ tayyorlagan.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, pochta markasi Butunjahon pochta ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra, Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yillik yubileyini nishonlashga bag‘ishlangan.
Markada mazkur sohaga oid zamonaviy texnologiyalar tasviri tushirilgan. Bir necha rangda ishlangan marka 7 ming nusxada tayyorlangan. Dizayner - U.Yusupaliyev.
Markaning nominali 2500 so‘m.