Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagonning sobiq rahbari mobil ilovalar uchun o‘yin ishlab chiqilishida qatnashdi
AQShning sobiq Mudofaa vaziri, 83 yoshli Donald Ramsfeld mobil ilovalar uchun Churchill Solitaire nomli karta o‘yinini ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda Washington Post nashri yozgan.
"Bu qiyin o‘yin. Bu strategik o‘yin", deydi u.

Ramsfeldning aytishicha, u dastlab AQShning NATOdagi elchisi sifatida ishlayotgan vaqtida, Bryusseldaligida pasyans o‘yini bilan tanishib chiqqan. Uning hamkasblari esa Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vazirlaridan biri Uinston Cherchill sharafiga nomlangan o‘yin ustida ish boshlagandi.
Qayd etilishicha, bu o‘yinda "podskazka" uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi. Bu pullar iste'fodagi harbiylar uchun xayriya qilinadi.