Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres: FIFAning taqiqi xato qo‘llangan. "Real" yanvarda transfer bozorida faol bo‘lmoqchi emas
"Real" jamoasi prezidenti Florentino Peres qishki transferlar vaqtida madridliklarning ko‘plab yangi futbolchilar sotib olishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"FIFA tomonidan qo‘llangan sanksiyalar og‘riqli. Bu "Real"ni yomonotliq qilish. Biz aminmizki, bu xato.
"Real"ning voyaga yetmagan futbolchilarni ro‘yxatga olganlikda ayblanib, jazolanishi kulgulidir. U bolalar hamisha jamoada bo‘lgan.
Biz bu jazo tahdidi ostida qishki transferlarda yangi futbolchilarni xarid qilishga kirishib ketmadik va qolgan vaqtda ham transferlar bozorida faol bo‘lmoqchi emasmiz. Hozirda jamoada dunyoning eng yaxshi futbolchilari va eng yaxshi murabbiylardan biri bor.
Zidan jamoa boshqaruviga ayni vaqtda keldi. U har qanday chorlovlarni qabul qilishga tayyor.
Jamoada barcha Zidanni yoqtiradi. Taqqoslash uchun, Di Stefano bilan ham shunday. Men Di Stefanoni futbol o‘ynagan vaqtlarida ko‘rganman. Keyingi avlod esa Zidanning o‘yinlarini ko‘rgani bilan faxrlanib yursa, ajabmas", deydi Peres France Football nashriga.
Eslatib o‘tamiz, FIFA 14 yanvar kuni Ispaniyaning «Real» va «Atletiko» jamoalariga keyingi 2 transfer oyi vaqtida (2016 yilning yozi hamda 2017 yilning qishidagi) yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi. Bundan tashqari jamoalarga mos ravishda 900 ming hamda 360 ming frankdan jarima solingan.
«Real» FIFAning qarorini mutlaqo adolatsiz deb hisobladi
«Atletiko» FIFA taqiqiga qarshi apellyatsiya berdi