Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Iordaniyaga texnika va qurol-yarog‘ yetkazib beradi
Qozog‘iston tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy texnika va qurol-yarog‘ Iordaniyaga qurolli kuchlariga yetkazib beriladi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Qozog‘iston mudofaa vazirining Iordaniyaga uyushtirgan safari chog‘ida ushbu masalada kelishuvga erishilgan. “Qozog‘iston va Iordaniya Xoshimiy Qirolligi hukumatlari o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik borasida kelishuvga erishilishi tashrifning muhim omili bo‘ldi”, - deyiladi xabarnomada.
Xususan, Iordaniyaga “Arlon” zirhli g‘ildirakli mashinalarini yetkazib berishi haqida gap ketmoqda. Bu mashinalar Kazakhstan Paramount Engineering kompaniyasi tomonidan Ostonada o‘tgan yil oxiridan buyon yig‘iladi.
Shuningdek, tungi ko‘rish optik uskunalari, nishonlar, 12.7 kalibrli NSVS pulemyotlar va harbiy modullar, 3 koordinatali radiolokatsion stansiyalar, aloqa vositalari va boshqalar yetkazib beriladi.