Sport | 18:54 / 26.01.2016
5781
1 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunovning yangi jamoasi nomi ma'lum bo‘ldi

Ukrainaning «Vorskla» klubini tark etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Sanjar Tursunov Qatar chempionatining «Umm Salal» jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi.

Eslatib kecha, Kun.Uz o‘z manbalariga asoslanib futbolchining Ukraina klubini tark etgani haqida xabar bergandi.

Keyinchalik klub rasmiy sayti ham bu ma'lumotni tasdiqlagandi.

Bugun tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Sanjar Tursunovga aynan Qatarning «Umm Salal» klubi taklif bilan chiqqan.

Hozircha Sanjar Tursunovning yangi jamoasi bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.