Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonga chalinganman, deya 25 ming dollar ehson yiqqan amerikalik ayol hibsga olindi
Tuxumdonlar saratonining birinchi bosqichiga chalinganini da'vo qilgan Amerikaning Jorjiya shtatida istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayolga nisbatan ayblov e'lon qilindi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Kamming shahridan bo‘lgan Meri Bennett firibgarlik va o‘g‘rilikda ayblanmoqda. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 2010 yilda ayol saraton xastaligiga chalinganini e'lon qilgan va 25 ming dollar miqdorida xayr-ehson yiqqan. U to‘plangan pullarni ko‘ngilxushliklariga sarflab yuborgan.
Bennett skaydayving bilan shug‘ullangan, Yangi Orleanga sayohatga borib, Meksika ko‘rfazida baliq tutgan.