Jamiyat | 20:41 / 26.01.2016
5777
1 daqiqa o‘qiladi

Sayohatchi tipratikan Instagramning yangi yulduziga aylandi

Kaliko laqabli sayohatchi tipratikan Instagramning yangi yulduziga aylandi. Ayni vaqtda uning tarmoqdagi sahifasiga 82 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.

2 yoshli Kaliko AQSh bo‘ylab o‘z xo‘jayini bilan sayohat qilmoqda. Uning xo‘jayini o‘z shaxsini ma'lum qilmagan. U tipratikan bilan sayohati jarayonlarini Kaliko uchun ochilgan alohida sahifaga joylab bormoqda.

"Suratlardan ko‘rish mumkinki, bu sayohat tipratikanga juda yoqmoqda", deya qayd etiladi Mashable saytida.

Shu vaqtgacha bu sayyohlar Vashington, Florida, Janubiy Karolina, Montana va boshqa bir qator shtatlarda bo‘lishga ulgurishgan.

The Mirror nashri bu tipratikanni "sayohat ishqibozi va yoqimto" deb atagan. Gazetaning yozishicha, unda "muxlislar armiyasi" paydo bo‘ldi. Xo‘jayinning yozishicha, u sahifani ochishdan oldin, Kalikoning bu qadar mashhurlikka erishishini kutmagandi.