Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayx Salmon: FIFA prezidentligiga saylansam, JCh-2018 Rossiyada o‘tishini ta'minlayman
FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri, shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa saylovda g‘alaba qiladigan bo‘lsa, 2018 yilgi JCh Rossiyada o‘tishi uchun barcha ishni qilishga va'da berdi. U bu haqda "R-Sport" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyani 2018 yilgi mundial mezbonligidan mahrum etish uchun hech qanday asos yo‘q. Men ishonch bilan aytishim mumkinki, bu chempionat sizning yurtingizda o‘tkaziladi. Agar prezidentlikka saylansam, men buni ta'minlash uchun barcha ishni qilaman. Men bilamanki, Rossiya bu mundialni qabul qilish uchun ko‘p ish olib bormoqda. Men bu chempionat boshlanishini, ajoyib va o‘ziga xos madaniyat hamda an'analarga ega Rossiyadagi mundial ochilishi boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Xuddi shu kabi fikrlarni 2022 yilda Qatarda o‘tadigan JCh haqida ham aytishim mumkin", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov Tsyurix shahrida 26 fevral kuni o‘tkaziladi.
Saylovda UYeFA bosh kotibi Infantino, OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, FIFAning sobiq bosh kotibi Jyerom Shampan va janubiy afrikalik millioner Tokio Seksvale nomzod sifatida kurash olib borishmoqda.
Shahzoda Ali FIFA prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qilishiga ishonmoqda
Rossiya Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi