Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda G‘alaba bayrami munosabati bilan 30 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqdi
Ikkinchi Jahon urushida Yaponiya imperializmi ustidan erishilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiya doirasida Xitoyda umumiy miqdorda 31 527 mahbus ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Pekin tomonidan tarqatilgan rasmiy xabarnomada aytildi.
Amnistiya Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini tomonidan ilgari surilgan tashabbus edi. Tegishli hujjatni XXR raisi Si Tszinpin imzoladi.
Ozod qilinganlar orasida 1937-1945 yillarda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashganlar, 30 va 40-yillardagi fuqarolik urushi ishtirokchilari bor. Ularning bari 80dan oshgan bo‘lib, “jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydi”, deb yozadi Sinxua agentligi.
Amnistiyaga tushganlarning asosiy qismi esa (29927 kishi) jinoyat chog‘ida 18 to‘lmaganlar hamda 3 yildan kam muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlardir.