Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zenit» «Dinamo»ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi
Rossiya terma jamoasi va «Dinamo» klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin Rossiyaning boshqa bir jamoasi «Zenit» bilan shaxsiy shartnoma borasda kelishib oldi, deya xabar bermoqda «Sovetskiy cport».
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi piterliklar bilan 1 iyuldan boshlab kuchga kiradigan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishgan. Shu paytga kelib uning «Dinamo» bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. Biroq poytaxt jamoasi uning sotishdan mumay daromad qilib olish uchun Kokorinni muddatidan oldin qo‘yib yuborishga ham tayyor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq «Zenit» Yuriy Jirkov bilan ikki yil bitim tuzgani xabar qilingandi.